ENERGIYA RESURSIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI FOSH ETILDI
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Chandir” MFY hududidagi artezian qudug‘ini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 262,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda