ENDIGI NAVBAT SHAROF RASHIDOV MAHALLASIGA
Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlar ko‘lami keng.
Bugun, tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida birinchi sektor hududidagi Sharof Rashidov mahallasida yoshlar hamda fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.
Qabulga tashrif buyurganlar tomonidan ichki yo‘l taʼmiri, bandligini taʼminlash, sog‘ligini tiklash masalalari ilgari surildi.
Shu kabi, migratsiyada bo‘lgan ushbu mahalla yoshlari bilan onlayn chat tashkil etildi.
Migratsiyada yurgan yoshlardan kelib tushgan taklif sunʼiy maydon masalasi bo‘ldi.
Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ichki ko‘cha taʼmiri yuzasidan qilingan murojaat ko‘cha fuqarolari bilan joyida o‘rganilib, ijrosi tez orada ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.