insurez
31-07-2024 08:00

ELGA YANADA QULAY BO‘LISHI UCHUN


Sog‘lig‘i tufayli o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondira olmaydigan fuqarolar uchun to‘siqsiz muhit va qulay yashash sharoitlarini yaratish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Tumanimizda korxona-tashkilotlarga olib boruvchi yo‘l hamda ularga kirishda nogironligi bor fuqarolar kirib-chiqishi va nogironlik aravachasi to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilganmi?

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga olib boruvchi piyodalar yo‘lakchalarini ko‘zdan kechirdi.

Aholi xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari atrofida mavjud sunʼiy to‘siqlar va tartibga olinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yo‘lakcha atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish masalalari ham ilgari surildi.

Ayni paytda, aholi xonadonlari atrofida hamda joylarda ishlar boshlab yuborildi.

Teglar
- -