insurez
07-03-2026 13:28

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA MARKAZIDA


Tuman hokimi J.Pardayev, tegishli o‘rinbosarlar va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

Xususan, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, soliq hamda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha targ‘ibotni kuchaytirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi vazifalar belgilandi.

Teglar
- -