insurez
23-08-2024 18:15

DARGʻOM KANALI ATROFI OBOD BOʻLADI


Shaharsozlik qiyofasini yaxshilash maqsadida tuman markazida joylashgan Oq oltin va Boltali mahallalaridan kesib o‘tgan Darg‘om kanali atrofida aholimiz uchun bir qator qulayliklar yaratilish arafasida.

Tuman hokimi sektor rahbarlari, tegishli o‘rinbosar, faol nuroniylar va masʼul tashkilotlar hamrohligida ushbu hududni ko‘zdan kechirdi.

Darg‘om kanali atrofining asosiy qismida piyodalar yo‘lakchasi, veloyo‘lak, tungi yoritgichlar o‘rnatilgan xiyobon barpo etish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan.

Shu bois, kanal atrofida odamlarning maroqli dam olishlari uchun mo‘ljallanayotgan xiyobonni loyihalash va o‘z navbatida tartibi bilan qurish ishlariga qisqa fursatlarda kirishishga kelishib olindi.

Teglar
- -