insurez
30-07-2024 10:52

CHEMPIONIMIZ OILASI EʼTIROF ETILDI


ChEMPIONIMIZ OILASI EʼTIROF ETILDI

✅Bugun, viloyatimizning keng jamoatchilik vakillari Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoasiga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorovaning xonadonida bo‘lishdi.

👨‍💼Tuman hokimi, viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman sektor rahbarlari, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklashib, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tashakkurnomasini o‘qib eshittirildi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🤼‍♀️Qayd etish joizki, Diyora Keldiyorova amaldagi Olimpiada chempionini Uta Abening 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

✅Yana bir bor chempion qizimiz Diyora Keldiyorovani samimiy tabriklaymiz. Yoshlarimiz yutuqlari bardavom bo‘laversin!

Teglar
- -