BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT OSTIDA
Tumandagi olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik, ya'ni yõllarni asfaltlashtirish, betonlashtirish, shağallashtirish ishlari jadal surʼatda davom etmoqda.
Tuman hokimi Sh.Raxmanov tomonidan tegishli mas'ullar hamrohligida ushbu hududlar kõzdan kechirildi.
Birgina Boğishamol muntazam yõllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Samarqand MFYning 500 metr masofadagi ichki yõli 300 mln sõmga, Qatorterak mahallasining 1,5 km ichki yõli 900 mln sõm evaziga asfaltlashtirilyapti.
Shu kabi, Temirxõja mahallasining Polvonlar kõchasidagi 2,5 km yõl ochiq budjet dasturi asosida 1 mlrd 350 mln sõmga New Tech Samarkand MCHJ tomonidan asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ''2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida''gi qaroriga asosan, Mehnat mahallasidagi 73-sonli umumta'lim maktabiga qo'shimcha 140 o'rinli o'quv binosi qurish ishlari respublika budjeti mablag'lari hisobidan 1 mlrd 590 mln so'mga pudratchi "Bekmurod baraka zamini" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu qatorda, Sanchiqul mahallasidagi 123-maktab maxsus dastur asosida respublika budjeti mablag'lari hisobidan 1,5mlrd so'mga pudratchi "Davr kompleks qurilish" MCHJ tomonidan joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi yuqoridagi qilingan ishlarni ko'zdan kechirish jarayonida ishlarni yanada jadallashtirish hamda sifatli holda, belgilangan muddatda yakuniga yetkazish bo'yicha mas'ullarga bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.