BU AZIZ YURT BARCHAMIZNIKI, UNI OBOD QILISHGA HISSA QO‘SHAYLIK
Maʼlumki, tumanimiz bo‘ylab, bir qator obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar, mahalla masʼullari, MMTP hamda fermer xo‘jaliklari raislari hamrohligida maxsus avtobusda Juma shaharchasidan Kattaqo‘rg‘on tumanigacha bo‘lgan masofasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Safar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xonadonlarni hamda tadbirkorlik subyektlarini taʼmirlash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, daraxtlarga ishlov berish va atrofni obodonlashtirish hamda bu borada aholi orasida targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
Barcha fuqarolarimizdan obodlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol bo‘lishini so‘rab qolamiz. Zero, obod joyda baraka bo‘ladi!