BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT – SALOMATLIK ASOSI
✅Kasb-hunarlar orasida tibbiyot xodimi, shifokorlik kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir ustida ishlaydilar.
👨💼Bugun, tuman hokimi tegishli o‘rinbosar hamrohligida tumanda mavjud oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, shifokorlik uy-joylaridagi vrachlar, bo‘lim boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
🏠Dastlab, soha faoliyatiga oid o‘rganishlar, bemorlar bilan muomala madaniyati, hujjatlar yurituvi va yo‘nalishlardagi mavjud holatlar muhokama etildi.
✅Shu kabi, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami brigadalarining faoliyatini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Zero, xonodonbay kasallikni aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yilsa, birqancha og‘ir kasalliklarni oldi olingan bo‘ladi.
✅Muhokama so‘ngida, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va qisqa fursatlarda bartaraf etish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, qatʼiy choralar ko‘rilishi yuzasidan kelishib olindi.
🚑Shuningdek, birlashmada davolanayotgan bemorlar xolidan xabar oldi. Issiq kunlarda bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning iqlimi, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi hamda bino hovlisida obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.