insurez
04-09-2024 14:13

BIRINCHI QO'NG'IROQ YANGRADI


Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Pastdarg‘om tuman hokimi ham 28-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktab internatida tashkil qilingan tadbirda bo‘lib, barchani bilimlar kuni bilan tabrikladi va 3-sinf o‘quvchilari uchun o‘tiladigan mustaqillik darsini o‘tdi.

Shu kabi, sektor rahbarlari va tuman hokimi oʻrinbosarlarining har biri bittadan maktabda bo'lib, bunday tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlashdi.

Teglar
- -