insurez
07-09-2024 14:30

BIRDAMLIKDA RAVON YO‘LLAR


Birdamlikda qilingan ishlarda o‘zgacha baraka va shukuh bo‘ladi.

Tumanimizda aholi hamjihatligida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Ag‘ron” mahallasi aholisi ham birlashib, xayrli ishlarni boshlab yuborgan.

Ayni kunlarda faol fuqarolar tomonidan hashar yo‘li orqali mahalla ichki yo‘lining 1 kilometr 800 metr qismida piyodalar yo‘lakchasi barpo etilayotgan bo‘lib, hozirga qadar 700 metrga yaqin masofada ishlar to‘liq yakunlandi.

Ushbu mahallaning boshqa ko‘chasida bo‘lsa, homiylik mablag‘lari hisobidan 600 metr masofaga asfalt qoplamasi yotqizildi. 

Biz bu kabi ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha faollarga minnatdorchilik bildiramiz.

Teglar
- -