31-10-2024 19:21
#Ayni_paytda
Tuman Madaniyat bo'limi binosida tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan fuqarolar uchun o‘tkazilayotgan sayyor qabul davom etmoqda.
Hozirga qadar 70 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo'naltirildi.
Ushbu qabulda ishtirok etishni istagan fuqarolar tuman Madaniyat bo'limi binosiga tashrif buyurishlari mumkin.