ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI TUMANDOShLAR VA TUMANIMIZ MEHMONLARI !
Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va uni barqarorlashtirish tumanimizni jinoyatdan holi hududga aylantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha jamoatchilik nazorati asosida bir qator chora tadbirlar belgilab olindi.
Tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni va tashrif buyurgan tumanimiz mehmonlarini, sodir etilishi mumkun bo‘lgan jinoiy xavf xatarlardan ogoh bo‘lishingizni so‘rab sergaklikka chaqiraman.
2026 yil fevral oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator umumprofilaktik ishlar amalga oshirildi.
Sodir etilgan jinoyatlarni xisobga qo‘yish va o‘z vaqtida keng jamoatchilik oldida muhokama qilish, jinoyatlarning sodir etilish sabablarini, unga imkon bergan omillarni o‘rganish va bartaraf qilish borasidagi ishlarga alohida e’tibor berildi.
Bugungi kunda tumanimizda sodir etilishi mumkun bo‘lgan barcha turdagi jinoyatlarni oldini olish va ularga chek qo‘yish borasida qator amaliy chora tadbirlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz va sog‘lom yurt”, “Tig‘” tadbirlari, “Tun” tadbirlari, muqaddam sudlanganlar bilan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish maqsadida “Nazorat”, Probatsiya hisobidagilarni nazorat qilish bo‘yicha “Ijro”, oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “Turmush”, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligiga barham berish bo‘yicha “Davomat” maxsus-profilaktik tadbirlari va “O‘quvchi” reydlari o‘tkazildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki!
Olib borilgan ushbu umumprofilaktik ishlarga natijasida, qotillik, og‘ir tan jaroxati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik va bezorilik kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, o‘g‘irlik va og‘ir tan jaroxati jinoyatlari kamayishiga erishildi
Umumiy jinoyatlarning 36 tasi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etmoqda.
Tumanda jami 100 ta mahallalar mavjud bo‘lib, jinoyatchilik mahallabay tahlil qilinganida ularning 95 tasida jinoyat sodir etilmadi.
- “Qizil” mahallalar 2 tani tashkil etib “Kamolot” va “Turkman” mahallalarni tashkil etadi.
- 10 tasi "sariq" ya’ni jinoyati barqaror saqlangan mahallalar toifasiga kiritildi.
- 88 tasi “yashil” ya’ni jinoyat sodir etilmagan mahallalar toifasiga kiritilgan.
Natijada, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 28,0 foizga, ulardan o‘g‘rilik 44,4 foizga, oilaviy zo‘ravonlik 100 foizga, firibgarlik 20 foizga, bezorilik 66,7 foizga, o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish 60 foizga hamda o‘lim bilan tugagan YTHlar ham100 foizga kamayishiga erishilgan.
Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 50 foizga, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 100 foizga hamda guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ham 100 foizga kamayib, ayollar, mast holatdagi shaxslar, muqaddam sudlanganlar hamda ishsizlar tomonidan jinoyat sodir etilmadi. Yoki, tumandagi 100 ta mahallalardan 12 tasida jinoyat sodir etilib, jami mahallalarning 10 tasi “sariq” hamda 88 tasi “yashil” toifada qoldi.
O‘tgan yil davomida qizil toifada bo‘lgan 11 ta mahallalarda olib borilgan profilaktik choralar natijasida “yashil” toifaga o‘tib, mahallalarning kriminogen vaziyati yaxshilandi.
Biroq, amalga oshirilgan profilaktik chora tadbirlarga qaramasdan tuman hududida joriy yilning o‘tgan davri davomida sodir etilgan jami jinoyatlar 64,6 foizga, aniqlanadigan jinoyatlar 45,5 foizga oshib, sodir qilingan jinoyatlar 100 ming aholiga nisbatan 32,6 foizni tashkil qildi.
Hurmatli ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorida ham bu borada voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishni ko‘zda tutadi.
yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, «Besh tashabbus olimpiadasi»ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilishda Siz, aziz farzandlaringizga to‘g‘ri yo‘nalishlarni tashkil etishligingizni so‘raymiz.
Hurmatli tumanimiz fuqarlari xotin–qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham bir qator chora –tadbirlar belgilab kelinmoqda, shuningdek,
46 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan
xotin-qizlar himoya orderlari berildi.
Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami
6 nafar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qaroriga asosan tumanimizda jinoyatchilikni oldini olishga va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida:
Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 3 679 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, 3 213 nafari (87,3 foizi)ning muammolari hal etildi.
81 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanishga yotqizildi.
Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lib kelayotgan Kiber jinoyatlarning ortib borayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanimizda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar 106 tani tashkil qiladi. Bu borada tuman miqyosida keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot harakatlari olib borilmoqda, shuningdek Sizni pullaringizni osongina ko‘paytirib berish haqidagi takliflar kelib tushganda, bilingki bu Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan tuzoqdir, zero hech kim Sizga biron bir harakatsiz pullaringizni ko‘paytirib bermaydi.
Bundan tashqari, Sizdan nomaʼlum shaxslarga shaxsiy maʼlumotlaringizni (bank kartasi raqami, SMS-kodlar, pasport maʼlumotlari) bermaslikni, internet orqali savdo va xizmatlardan foydalanganda faqat ishonchli manbalarni tanlashingizni so‘rayman.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari bu borada huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tumanimizni kiber jinoyatdan holi hududga aylantirish yuzasidan tuman miqyosida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Siz aziz fuqarolarimizdan plastik karta raqamlaringizni xech kimga aytmasligingizni, o‘zingizdan boshqa o‘zga shaxslarga bu borada ishonmasliklaringizni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali o‘zingiz tanimagan bilmagan shaxslarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasligingizni, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli xil telegram botlarga a’zo bo‘lmasligingizni so‘rab qolamiz!
E’TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !




