insurez
23-05-2025 14:13

ASOSIY YO'L YOQASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORATDA


Bir muddat avval, Pastdarg'om tumanidagi D 065 yoʻlida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bo'yicha xatlov o'tkazilib, bunda, 44 ta qurilishi bitmay qolgan binolar aniqlangan va ularni shaharsozlik tamoyillariga mos holatga keltirish borasida topshiriqlar berilgan edi.

Shundan so'ng ularning aksariyatida bunyodkorlik ishlari jadallashtirilib, bu borada ijobiy o'zgarishlarga erishildi.

Biroq, ushbu tadbirkorlik subyektlarining bir qanchasida hamon o'zgarishlar ro'y bermagan.

Shu bois tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tegishli oʻrinbosarlar hamda qurilishi toʻxtab qolgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida muhokama o'tkazildi.

Muhokamada tadbirkorlarning muammo va takliflari o'rganilib, ularning yechimlari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, qurilish ishlarini barcha xavfsizlik qoidalari hamda shaharsozlik meʼyorlariga mos ravishda olib borish va oʻz vaqtida yakunlash, obyektlar atrofini obodonlashtirish lozimligi ta’kidlanib, aks holda, ushbu xususida qonuniy choralar ko‘rilishi mumkinligi bo‘yicha rasmiy ogohlantirishlar berildi.

Shu kabi, tuman hokimi qurilish ishlarini oʻz vaqtida risoladagidek yakunlagan va jadal davom ettirayotgan tadbirkorlar ishlarini e'tirof etib minnatdorlik bildirdi.

Teglar
- -