10-08-2024 16:49
ASFALTLASH ISHLARIGA START BERILDI
Tumanimizda ichki yo'llarni ta'mirlash va yanada ravon holatga keltirish maqsadida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hozirda Chandirobod mahallasi hududidagi qariyb 3 kilometr ichki yo'lda asfaltlash ishlari olib borilyapti.
Ma'lumot uchun, "Ochiq budjet" dasturi asosida "New Tech Samarqand" MCHJ tomonidan bajarilayotgan loyiha qiymati 1 milliard so'mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.