30-iyul - "Xalqlar do‘stligi kuni"
30-iyul - "Xalqlar do‘stligi kuni"
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilning 10- fevraldagi O‘RQ-672-son Qonuniga asosan 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangan.
O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, shuningdek, 16 diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 milliy madaniy markaz mavjud.
Ushbu kun 2011-yil 3-mayda BMT Bosh assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan.
Rezalyutsiyada "Xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar va shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni taʼminlash bo‘yicha saʼy-harakatlarni ilhomlantirishi va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar yaratish imkoniyatini yaratishi mumkin" deb taʼkidlangan.