insurez
09-08-2024 16:48

200 DAN ORTIQ ISHCHI O‘RNI YARATILADI


Pastdarg‘om tumani “Go‘zalkent” massivi ”Oltiqahramon” mahallasida joylashgan eski “MMTP” bino va inshootlari «K-Eldor» fermer xo‘jaligi tomonidan 5,0 mlrd. so‘mga sotib olingan.

Ushbu bino va inshootlar negizida jami qiymati 16,0 mln. dollarlik quyidagi 5 ta investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Yaʼni, qiymati 3,0 mln. dollarlik, yiliga 15,0 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgach 25 ta ish o‘rinlarini yaratish reja qilingan.

Shu kabi, qiymati 3,0 mln. dollarni tashkil etuvchi, yiliga 5,4 ming tonna moy ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgach, 50 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek yiliga 16,5 ming tonna un ishlab chiqarish loyihasining qiymati 3,0 mln. dollarni tashkil etadi. Ushbu loyiha ishga tushgach 30 ta ishchi o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, 3,0 mln. dollar evaziga yiliga 15,0 ming tonna sutni qayta ishlash zavodi ishga tushirilsa 80 ta bo‘sh ish o‘rni ochiladi.

Eng so‘ngisi, 1000,0 bosh yirik shoxli zotdor qoramol (sigir) boqish loyihasi bo‘lib, ushbu loyiha qiymati 4,0 mln. dollarni tashkil etadi va 30 nafar fuqaro bandligi taʼminlanadi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida ushbu loyiha bilan tanishdi.

Tadbirkor tomonidan ushbu korxonani boshqa elektr podstansiyaga ulash va boshqa masalalar ilgari surildi.

Barcha taklif va murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -