
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tashabbusi bilan Pastdarg‘om tumani 2-sektor hududida joylashgan Kamolot mahallasi Eski Anhor qishlog‘ini obod maskanga aylantirish ishlari olib borilmoqda.
Buning uchun dastlab aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha shtab tashkil etilib, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilanib olindi.
Ayni paytda tashabbus doirasida uyma-uy yurgan holda xonadonlarda o‘rganishlar olib borilib, ularning tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, yo‘l, sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muammolari o‘rganilmoqda. Aniqlangan muammolar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli tashkilot va muassasalar tomonidan hal etiladi.