Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

 TO‘RTAYG‘IR – Samarqand viloyati Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlarida qishloq nomi. Tilshunos olim B.O‘rinboyev qipchoqlarning bir urug‘i to‘rtayg‘ir yoki to‘rayg‘ir deb atalishini qayd qiladi.
 Etnograf K.Shoniyozov to‘riayg‘ir yoki to‘rtayg‘ir Sirdaryobo‘yi qipchoqlari bilan bog‘liq yirik urug‘ bo‘lgan deb ko‘rsatadi. To‘riayg‘ir (“To‘riq ot, ayg‘ir”) yoki to‘rttamg‘alilar XVII asrgacha Janubiy Qozog‘istonning Qorabuloq mavzesida yashagan. Jung‘orlar hujumidan so‘ng bir necha bo‘lakka bo‘linib ketgan to‘riayg‘irlarning bir qismi Zarafshon vodiysiga, boshqa qismi Farg‘ona vodiysiga, shuningdek, Qirg‘iziston, Koshg‘ar va Toshkent hududlariga joylashgan (Shaniyazov, 1971: 141).

 

2015-2024 © Pastdarg‘om tumani hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM