Pastdargʻomda 131 mln. soʻm oldindan toʻlandi

Byuroning Pastdargʻom boʻlimi tomonidan aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha “Dolzarb oʻn kunlik” tadbirida olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi va qarzdor bilan suhbat va tushuntirishlar sabab ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Fuqarolik ishlari Pastdargʻom tuman sudining 2015-yil 25-sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor N.U.dan undiruvchi Sh.D.ning foydasiga ikki nafar farzandining taʼminoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan  ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga soʻrovnomalar yuborilgan va olingan maʼlumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qoʻyilgan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlar oʻz samarasini berdi. Qarzdor farzandlarini oʻylab, voyaga yetguniga qadar hisoblab 131 million soʻm aliment pulini toʻlab berdi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda...
  Shohruh TEMIROV,
Byuroning Pastdargʻom tuman boʻlimi  
davlat ijrochisi

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM