Xon atlas milliylik timsoli

 

 Ma'lumki shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab "Xon atlas g‘ururimiz" shiori ostida milliy, ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

 Shunday tadbir bugun Pastdarg‘om tumani madaniyat bo‘limi binosida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tashkil qilindi. Tadbirda onaxonlar, xotin-qizlarimiz, Xon atlasdan tikilgan milliy liboslarmizda, o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 

 Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy qadriyat, an'ana va urf odatlarimizga nisbatan hurmati oshishi bilan ham ahamiyatlidir. Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Yavkasheva va  tuman hokimligi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig'i N.Qorayeva ishtirok etdi.
 

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM