ZAMONAVIY BAZMGOHLAR – TUMAN KO‘RKI
O‘zbegimning yaxshi kuni bayramlari, to‘y va marosimlari serob. Mehmondo‘st xalqimiz quvonchli kunlarini barcha bilan bo‘lishgisi keladi.
Ko‘pchilik fayzli davralarni ko‘rkam bazmgohlarda o‘tkazishni maʼqul ko‘radi va shunga odatlangan.
Shunga ko‘ra, tumanimizda ham bir qator to‘yxona va bazmgohlar elimiz yaxshi kunlarida xizmat qilib keladi.
Mirzo Ulug‘bek mahallasida ham 550 o‘rinli yana bir zamonaviy ommaviy tadbirlar o‘tkazish maskanining asosiy qismi ishga tushirilmoqda.
Boshlangʻich hisob kitoblarga ko'ra loyiha qiymati 8,4 milliard so‘m bo‘lgan barcha qulayliklarga ega ko‘rkam maskanning tantanali ochilish marosimida sektor rahbarlari tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, nuroniylar va faol fuqarolar ishtirok etyapti.