YUKSAK IQTIDOR EGASI YOSHLAR MURABBIYSI
Muay-Tay bo‘yicha sport ustasi Qozoq Nayman mahallasi fuqarosi bo‘lgan Shoxruz Ortiqov tumanimizning faxridir. U besh karra mamlakat chempioni, Tailandda o‘tkazilgan o‘ttizdan ortiq professional janglarning mutloq g‘olibi.
Gap shundaki, Pastdarg‘omlik yengilmas sportchi bugun tumanimizdagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida yoshlarga murabbiylik qilmoqda. Uning shogirdlari ham jahon arenalarida g‘alaba qozonib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishmoqda.
Shunday yuksak iqtidor egasi aynan tumanimiz yoshlariga murabbiylik qilayotgani juda katta sharaf. Uning o‘zidan va shogirdlaridan xalqaro musobaqalarda yuksak natijalar kutib qolamiz.




