YOSHLAR VA FUQAROLAR UCHUN QABUL
Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi viloyat masʼullari hamrohligida birinchi sektor hududidagi Qarshiobod mahallasida yoshlar hamda fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.
Qabulga tashrif buyurganlar tomonidan yo‘l, bandligini taʼminlash masalalari ilgari surildi.
Shu kabi, migratsiyada bo‘lgan ushbu mahalla yoshlari bilan onlayn chat tashkil etildi.
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ishlab kelayotgan Rustamjon Ismoilovning bandlik masalasida qilgan murojaati ijobiy yechiladigan bo‘ldi.
Ushbu qabullar belgilangan tartibda qolgan mahallalarda ham o‘tkaziladi.