insurez
04-03-2025 16:04

YOSHLAR SHTABI SEKTOR RAHBARLARI NIGOHIDA


Bugun tuman hokimi rahbarligida sektor rahbarlari va yoshlar shtabiga masʼul tashkilot vakillari ishtirokida muhokama tashkil etildi. 

Shtab aʼzolarining joriy yil boshida mahallalarda o‘tkazilgan yoshlar xatlovi natijalariga ko‘ra aniqlangan ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib "Besh tashabbus olimpiadasi" da ishtirok etishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 6 ta huquq tartibot organlariga yoshlarni biriktirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Muhokamada shtab aʼzolarining faoliyati, majburiyatlari va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalari yuzasidan so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining amalga oshirgan ishlarini shtab aʼzolari bilan belgilangan tartibda monitoring qilib borish va haftada bir marta muhokama qilish belgilab olindi.

Teglar
- -