YOSH TUMANDOSHIMIZDAN NAVBATDAGI NATIJA
Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da tashabbuskor va kreativ fikrlovchi, eng ilg‘or bolalar ishtirokida “Iqtidor bolalar shou” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan turli yo‘nalishlardagi iste'dodli va tashabbuskor bolalar chiqishlari bilan ishtirok etib, o‘z qobiliyatlarini sahnada namoyish etishdi.
Ular orasidan eng qobiliyatli 3 nafar bolajonlar saralab olinib, yurtimizning eng iqtidorli bolalari deb e'lon qilindi.
Quvonarlisi, ular orasida pastdarg‘omlik jajji yulduzcha Parizoda Rajabova ham bor.
Biz yosh tumandoshimizni navbatdagi yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz.