YOSH TUMANDOSHIMIZ JAHON ARENASIDA KUCH SINASHADI
Andijon shahrida o‘smirlar o‘rtasida sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha "O‘zbekiston chempionati" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh avlod vakillari o‘zaro kuch sinashdi.
Shuningdek musobaqada Pastdarg‘om tumani Yuqori Bog‘onali mahallasida istiqomat qiluvchi Elnur Jomurodov ham ishtirok etib, 71 kilogram vazn toifasida 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija bilan yosh tumandoshimiz joriy yilning may oyida o‘tkaziladigan Jahon chempionati musobaqasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.