YОSh MUHANDIS BILAN UCHRASHUV
Orziqulov Sultonbek - Pastdarg‘om tumani Oshiq Ota mahallasida istiqomat qiladi.
86-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan yosh tumandoshimiz muhandislik va ixtirochilik kasbiga qiziqadi.
Faqat qiziqibgina qolmay, balki qiziqarli, ajoyib va mo‘jaz ixtirolar qilib, turli texnikalar yasaydi.
Tuman hokimi o‘rinbosari va hokimlik masʼullari yosh muhandis bilan ko‘rishib, uning zamon talabiga mos, jamiyat va davlatga naf keltiradigan kasb ortidan ketayotgani, bu boradagi intilishlari, qilayotgan harakatlarini eʼtirof etib, oddiy narsalardan yasayotgan ajoyib texnikalari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida Sultonbekning kelgusidagi rejalari bilan qiziqildi, ushbu xususida ko‘maklar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, bilimlarini yana-da boyitishi uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.