insurez
21-01-2026 14:21

"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR


Pastdarg‘om tumani FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida Respublikamizda eʼlon qilingan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir tumandagi 4-son politexnikumida tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarga isitish moslamalarining xavfsizlik qoidalari, is gazi bilan zaharlanishning oldini olish choralari, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, chaqnash, tutun va boshqa xavfli holatlar yuzaga kelganda qanday harakatlanish lozimligi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan real hayotiy misollar asosida favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Teglar
- -