YIRIK LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA KELISHUVLAR TUZILDI
Pastdarg‘om tumani hokimi Sh.Rahmonov Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay provinsiyasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va savdo yo‘nalishlarida hamkorlik qilish maqsadida qator xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan,
- “SHanhai Sansheng Health Technology” Co.Ltd bilan maishiy xo‘jalikda foydalaniladigan metall quvurlar, zanglamaydigan po‘lat mahsulotlar va santexnika anjomlari ishlab chiqarish;
- “Bowyoume Industrial” Co.Ltd bilan zamonaviy texnologiyalar orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish;
- “Shanhai Huahwi New Materials Technology Co.Ltd bilan qurilish materiallari va bunda foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari, “Baoke (Shanhai)Network Technology” co. Ltd bilan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi xususida 20 million dollarlik memorandum imzolandi.