YERNI BOQSANG – YER HAM SENI BOQADI!
Xabaringiz bor, tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan maxsus ishchi guruh, uzoq yillar qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari fermer xo‘jaliklarida qilinishi kechiktirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazyapti.
Bugun kun yakunida o‘rganish natijalariga ko‘ra MMTP va fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan o‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim ishlari orqada qolayotgan fermerlarga ishlarini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim hududlarda qilingan ishlar tanqid ostiga olindi.
Shu kabi, tajribali mehnat faxriylari hozirda qishloq xo‘jaligidagi vaziyat yuzasidan MMTP, fermer xo‘jaliklari raislari hamda masʼullarga o‘zlarining tajribasidan kelib chiqqan holda tavsiyalar berishdi.