insurez
04-11-2025 09:59

YASHIRIN IQTISODIYOT - TARAQQIYOT KUSHANDASI


Maʼlumki, yurtboshimizning "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6098-son Farmoni bilan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha respublika va hududiy kengashlar tashkil etilib, ularning aniq vazifalari belgilab berilgan.

Bu borada, Pastdarg‘om tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, tuman hokimi, prokuror, Soliq inspeksiyasi rahbari va xodimlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etgan navbatdagi uchrashuv ham, yashirin iqtisodiyotni aniqlash va uning oldini olishga qaratildi.

Tuman Soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududdagi iqtisodiy faoliyatni sog‘lomlashtirish, soliq to‘lov intizomini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyat yuritishini taʼminlash bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlariga alohida to‘xtalib, aholi va tadbirkorlar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, hisob-kitoblar shaffofligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilishi taʼkidlandi.

Teglar
- -