YASHIRIN IQTISODIYOT - TARAQQIYOT KUSHANDASI
Maʼlumki, yurtboshimizning "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni bilan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha respublika va hududiy kengashlar tashkil etilib, ularning aniq vazifalari belgilab berilgan.
Bu borada, Pastdarg‘om tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, tuman hokimi Sh.Rahmonov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman bo‘limi boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari va tegishli mutasaddilar ishtirok etgan navbatdagi muhokama ham, yashirin iqtisodiyotni aniqlash va uning oldini olishga qaratildi.
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududdagi iqtisodiy faoliyatni sog‘lomlashtirish, yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlariga alohida to‘xtalib, aholi va tadbirkorlar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, hisob-kitoblar shaffofligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.
Muhokama so‘ngida belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilishi taʼkidlandi.




