Yangi navlar, yangi texnologiyalar va yuqori hosildorlik sari qadam
Joriy yil tumanda 13 095 gektar maydonda paxta yetishtirish maqsad qilingan bo'lib, ushbu sohada zamonaviy, chidamli yangi xorijiy navlardan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Tumandagi paxtachilikda foydalaniladigan yerlarning qariyb 75 foiziga "XIN LUZAO 57", "XIN LUZAO 87" kabi chet el navlari ekilayotgan bo'lib, ushbu taklif va tashabbuslar fermerlar tomonidan faol ilgari surilmoqda.
Ayrim fermerlar esa, yuqori texnologiyali "Shinjon" usulida g'o'za parvarishlashni afzal bilyapti.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o'rinbosar, qishloq xo'jaligi sohasi vakillari, fermer xo'jaliklari rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda paxta agrotexnikasi, hosildorlikni oshirish, yangi navlar va texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari xususida so'z yuritilib, bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, g'alla parvarishi, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, dala chetlariga ko'chat ekish, ichki ariqlarni tozalash, qazish, betonlashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, ushbular yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.




