insurez
28-08-2024 13:56

YANGI INVESTORLAR BILAN YANGI IMKONIYATLAR SARI!


Tumanimiz delegatsiyasining Xitoy davlatiga qilgan tashrifi natijasi o‘laroq, chet ellik investorlarning tashrifi va tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflari ortib bormoqda.

Jumladan, kuni kecha, Shanxay provinsiyasining bir guruh yirik kompaniyalari rahbarlari tumanimizga tashrif buyurishdi. SHANGHAI VOSTOSUN INDUSTRIAL CO.,LTD rahbari Gao Weihua xonim boshchiligida kelgan tadbirkorlar delegatsiyasi tumanimizda bir qator yirik loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Tuman hokimi, tegishli o‘rinbosar va masʼullar ishtirokida ushbu loyihalar bo‘yicha ular bilan muzokara olib bordi. Muzokarada dastlab Xitoylik investorlar o‘z faoliyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

Shu bilan birga ular logistika, import, eksport kompaniyalari tashkil etish va qisqichlar, temir quvurlar, qog‘oz va plastik buyumlar, shuningdek chop etish, qadoqlash mahsulotlari hamda quyosh panellaridan foydalangan holda suv isitish moslamalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirish borasida o‘z takliflarini bildirishdi.

Muzokara davomida, har ikki davlat vakillari o‘z hurmatini izhor etgan holda  bir-birlariga sovg‘alar ulashdi. Shundan so‘ng, tuman masʼullari xorijiy investorlarni tadbirkorlik uchun qulay hududlar, sanoat zonalari, korxona va zavodlar bilan tanishtirish maqsadida sayohatga taklif etishdi.

Teglar
- -