YANGI BAZMGOHDA BOLAJONLARNING XATNA TO‘YI O‘TKAZILDI
Mehmondo‘st o‘zbek xalqi yaxshi kunlarini, bayram va marosimlarini ko‘rkam bazmgohlarda o‘tkazib, quvonchli kunlarini barcha bilan bo‘lishgisi keladi.
Tumanimizdagi Paxtakor mahallasida 3 milliard so'm evaziga, elimizning yaxshi kunlari uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan 600 o‘rinli muhtasham bazmgoh ishga tushirildi.
Shuningdek, ushbu shodiyonalar qatorida mazkur bazmgohda tuman hokimligi va tadbirkorlar tashabbusi bilan bayram dasturxoni yozilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun xatna to‘yi tashkillashtirildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari, nuroniylar ishtirok etib xatna to‘y egalarini samimiy tabrikladi.
Tantanali tadbirda xatna to‘y egalariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu kabi to‘kin dasturxon tuzalib, taklif etilgan mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.




