YANA BIR YANGI LOYIHA ISH BOSHLADI
Kamolot mahallasida "Feruz karton produkt" MCHJ da bugungi kunda 150 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 40 milliard so‘mni tashkil etadi va yiliga 200 ming dollarlik mahsulot eksport qiladi.
Bugun ushbu korxona negizida 1 million 200 ming dollarlik zamonaviy qog‘oz salfetkalar ishlab chiqarish korxonasi qurilib, ishga tushirildi.
Korxonada 15 nafar fuqarolar bandligi taʼminlanib, quvvati 16 milliard so‘mlik salfetkalar ishlab chiqarish dastgohlari ishga tushirildi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va tegishli masʼullar hamrohligida yangi korxona faoliyati bilan tanishdi.
Ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, muammolari tinglandi.




