YANA BIR TUMANDOSHIMIZ OSIYO CHEMPIONATIDA YUQORI SHOHSUPADA
Ayni kunlarda Iordaniya davlatining Amman shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari o‘tkazilayotgani xususida xabar qilgan edik.
Ushbu musobaqa doirasida yana bir yosh tumandoshimiz faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Gap shundaki, musobaqaning o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan final bahslarida pastdarg‘omlik yosh va iqtidorli bokschi qiz Sabrina Chakamanova ham ishtirok etib, o‘z vazni toifasida faxrli 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Osiyo chempionati muobaqalarining kumush medali sohibasini chin dildan muborakbod etamiz va undan yanada yuksak marralarni zabt etishini kutib qolamiz!