insurez
04-11-2025 10:03

YANA BIR DZYUDOCHIMIZDAN YUQORI NATIJA


Bir muddat avval, Toshkent shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha, "U 23 O‘zbekiston chempionati" musobaqasi bo‘lib o‘tayotgani xususida xabar qilgan edik.

Yurtimizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borgan musobaqada pastdarg'omlik bir guruh dzyudochilar ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Jumladan, tumanimizning 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Nigina Umrzoqova ham barcha raqiblaridan ustun kelib, qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda 52 kilogram vazn toifasi bo‘yicha mutloq g‘olib deb topildi.

Ushbu natija bilan yana bir pastdarg‘omlik dzyudochi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, butun jahon arenasida yurtimiz shaʼnini himoya qilish baxtiga sazovor bo‘ldi.

Biz yosh tumandoshimizni g‘alaba bilan qutlab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Teglar
- -