XUROSONI RAZAVIY VILOYATI ERONNING ENG MUHIM QISHLOQ XO‘JALIGI HUDUDLARIDAN BIRI
Tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi Pastdarg‘om delegatsiyasi Eron davlatiga qilingan rasmiy tashrif davomida, Xurosoni Razaviy viloyatining Qishloq xo‘jaligi tadqiqot markazi tomonidan seleksiya usulida bug‘doyning yuqori hosildor, kasallikka chidamli va iqlimga moslashgan navlarini yaratish jarayoni bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, Eronning Xurosoni Razaviy viloyati mamlakatdagi eng muhim qishloq xo‘jaligi hududlaridan biri bo‘lib, ayniqsa bug‘doy yetishtirishda ushbu hudud muhim o‘rin tutadi.
Viloyatda 550 ming gektardan ortiq ekin maydonlarida 30 xil navdagi bug‘doy yetishtiriladi, shundan 230 ming gektar maydon sug‘oriladigan va qolgan 120 ming gektar maydon lalmi maydon hisoblanadi. Bunda, o‘rtacha hosildorlik 35-40 sentnerni tashkil qiladi.
Mamlakatda bir yilda taxminan 11 million tonnadan ortiq bug‘doy yetishtiriladi. Birgina Xurosoni Razaviy viloyatining o‘zida 30 ga yaqin don korxonalari mavjud bo‘lib, ularning umumiy ishlab chiqarish quvvati kuniga 2,2 ming tonnani tashkil qiladi.
Tashrif davomida tumanimiz delegatsiya aʼzolari ushbu sohada kelgusida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishib olishdi.