insurez
17-10-2025 17:21

XOTIN-QIZLARNING OLIY TA’LIM OLISHDAGI MUAMMOLARI O'RGANILDI


Yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun bir qancha imtiyozlar berilgan.

Balki shu bois bugun O'zbekistonda oliy ta’limda o‘qiyotgan talabalar sonida xotin-qizlarning ulushi ko‘proq.

Pastdarg‘om tuman hokimi o‘rinbosari N.Qorayeva tumandagi ehtiyojmand xotin-qizlarning oliy ta’lim olishi masalasi bo'yicha o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy qo‘llab-quvvatlash choralariga oid O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrda qabul qilingan 585-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Teglar
- -