insurez
12-04-2025 15:13

XOTIN-QIZLAR O'RTASIDA SPORT TADBIRLARI


Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarziga jalb etish maqsadida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jag'alboyli mahallasida bo'lib o'tgan navbatdagi sport tadbirlarida 100 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Musobaqalar doirasida jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan turli sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Qiziqarli lahzalar va hayajonli vaziyatlarga boy tarzda o'tkazilgan bellashuvlar barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Teglar
- -