XOTIN-QIZLAR BANDLIGNI TAʼMINLASH YO‘LIDA
Mang‘itobod mahallasida yashovchi I.Tojiboyeva yoshligidan tikuvchilikka qiziqib, sir-asrorlarini o‘rgangan.
Bu hunarning hadisini olgach, 2 ta tikuv mashinasida oila aʼzolari bilan birga mahalladagi xotin-qizlar uchun kiyimlar tikishni boshlagan.
2023-yilda mahalla masʼullari orqali ajratilgan imtiyozli kredit hisobiga yana 4 ta tikuv mashinasi olgan va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarib, ichki bozorlarga tarqata boshlagan.
2024-yilda esa, subsidiya asosida unga 15 ta yangi zamonaviy texnologiyali tikuv mashinalari taqdim etildi.
Hozirda, tadbirkor ayol tashkil etgan "Sayidakmalxon" oiylaviy korxonasida turli choyshablar ishlab chiqarilmoqda va bunda, ijtimoiy daftarlarda turuvchi 15 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlagan.
Bundan tashqari, mahalladagi yana 10 ta xonadonda ham kasanachilik tashkil qilib, ularda yashovchi aholi qo‘shimcha daromad olishlari uchun ko‘maklashmoqda.