insurez
06-05-2025 18:07

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI DOIMIY E'TIBOR MARKAZIDA


Pastdarg‘om tumanida ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilayotgan bo'lib, bu borada bir qator ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Tuman Madaniyat bo‘limida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o'rinbosarlari, "To'maris textile" korxonasi direktori, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi masʼullari, tumanimizdagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, 107 ta mahallalarning hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmali seminarda ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, “Kooperatsiya”  asosida tikuvchilikni tashkil etish,  rivojlantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hamyonbop narxlarda eksport qilish masalalari ilgari surildi.

Shuningdek, mahallalar xodimlari va tegishli mas'ullar bilan aholi bandligini ta'minlash hamda ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Teglar
- -