XORIJGA KETISH ISTAGIDA BO‘LGAN XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV
Pastdarg‘om tumanida migratsiyadan qaytgan va ketish istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi vakillari, mahalla xotin-qizlar faollari, taʼlim, tibbiyot sohasi vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xorijdagi ayollarning oila aʼzolarini ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, farzandlarining taʼlim-tarbiyasini nazorat qilish, shuningdek, ishsiz oila aʼzolarini kasb-hunarga o‘qitish hamda bandlik dasturlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shu kabi tadbir doirasida "Mehnat yarmarkasi" ham tashkil etilib, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha vakansiyalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.
Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xorijda ishlayotgan ayollarni tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilib oilasi hamda farzandlari bag‘riga qaytarish.




