XITOYNING YIRIK KOMPANIYALARI PASTDARG‘OMGA KELADI
✅Tumanimizga Xitoy kompaniyalari kapitali ishtirokidagi investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Jumladan, bu gal tuman hokimi tashabbusi bilan Xitoyning Shandun provinsiyasi Jichjao shahrida joylashgan “Healty Air Technology” Co., LTD kompaniyasi bilan havoni tozalash, sovutish va isitish uskunalari hamda dezinfeksiya va suyuq kir yuvish vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha onlayn formatda muzokaralar o‘tkazildi.
✅Shuningdek, ushbu muzokarada Shandun provinsiyasining Jichjao shahri Savdo palatasi bosh kotibi janob Chjan Szyanye ishtirok etib, uchrashuv yakuni bilan avgust oyida tumanimizga bir qator Xitoy kompaniyalarining tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.