"XAVFSIZ VA SOG‘LOM YURT" PROFILAKTIK TADBIRLARI
Xabaringiz bor, shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab barcha hududlarda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan Pastdarg‘om tumanida ham, jinoyatchilikka qarshi kurashish va sodir etilishi mumkin bo‘lgan YTHlarning oldini olish maqsadida, YPX va sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd tadbirlari davomida, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy choralar ko‘rildi.
Shu o‘rinda barcha fuqarolardan, yo‘lovchi va piyodalardan yo‘llarda harakatlanayotganda barcha tartib, qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.