insurez
06-03-2025 16:17

XAVFSIZ HUDUD, XAVFSIZ MAHALLA MEZONI ASOSIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR DAVOM ETMOQDA


Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, "Xavfsiz hudud, Xavfsiz mahalla" mezoni asosida tuman hududida jamoat xavfsizligini yana-da mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan.

Bu borada boshqa mahallalar qatori Turkman mahallasida ham sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirilgani, jumladan, mahallaning asosiy kirish va chiqish yo‘llari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi gavjum joylarga zamonaviy videokuzatuv moslamalari o‘rnatilayotgani xususida xabar qilgan edik.

Hozirda ham fuqarolar uchun xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.

Xususan, mahalla hududidagi savdo markazlarida, asosiy va ichki ko‘chalarda zamonaviy modeldagi quyosh panelli tungi yoritgichlar o'rnatilmoqda.
Mazkur yoritgichlar jinoyatchilikni oldini olish, barvaqt aniqlash va fuqarolar uchun qulay muhit yaratish barobarida, elektr energiyasini tejashga ham samarali xizmat qiladi.

Bu kabi ishlar o‘z navbati bilan boshqa mahallalarda ham davom etadi.

Teglar
- -