XALQ RIZQIGA XIYONAT QILMANG!
Tumanimiz bo‘ylab, gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, joriy yil sentyabr oyining oxirgi 10 kunligida o‘tkazilgan tadbirlarda jami, 25 ta noqonuniy holatlar aniqlanib, ushbu holatlar natijasida davlat byudjetiga 1 milliard 483 million 211 ming 800 so‘mlik zarar yetkazilgani yoki, 511 ming 604 m3 tabiiy gaz talon-taroj qilingani maʼlum bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy holatga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hurmatli fuqarolar! Sizlardan bu kabi qonunbuzarlik holatlarini yuzaga keltirmasligingizni so‘rab qolamiz.




