XALQ QABULXONASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI
Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyev, tuman hokimi Sh.Rahmonov, sektor hamda korxona tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi, fuqarolar bilan hududlarda o‘tkazilayotgan qabullar haqida so‘z yuritildi.
Shu kabi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishiga asosan, uzoq yillardan buyon hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan Asror Mardiyev Pastdarg‘om tumani Xalq qabulxonasi mudiri vazifasiga tayinlanganligi eʼlon qilindi.